Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TALABALARDA REFLEKSIV QOBILIYATLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH KOMPETENTLIGIGA TA’SIRI

ERKIN G'AYRAT O'G'LI ISKANDAROVAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi v.b
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarda refleksiv qobiliyatlarning rivojlanishi va uning o‘zini-o‘zi boshqarish kompetentligiga ta’siri psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Refleksiya shaxsning o‘z fikrlari, kechinmalari, xatti-harakatlari va faoliyat natijalarini anglash hamda ularni tanqidiy baholash imkonini beruvchi muhim psixologik mexanizm sifatida qaraladi. Talabalik davrida refleksiv qobiliyatlarning shakllanishi o‘quv va kasbiy faoliyatni ongli ravishda tashkil etish, maqsadlarni belgilash, qarorlarning oqibatlarini baholash va faoliyat jarayonida yuzaga keladigan kamchiliklarni mustaqil ravishda tuzatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tadqiqotda refleksiv qobiliyatlarning o‘zini-o‘zi kuzatish, o‘zini baholash, faoliyatni rejalashtirish, emotsional holatlarni boshqarish va xulq-atvorni tartibga solish jarayonlari bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, refleksiyaning rivojlanganlik darajasi talabaning mustaqilligi, mas’uliyati va o‘z faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarish qobiliyatini kuchaytirishi mumkinligi asoslanadi. Mazkur yondashuv oliy ta’lim jarayonida talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda refleksiv mashg‘ulotlarning ahamiyatini belgilash imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar