NEYROTEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TA’LIMDAGI IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy neyrotexnologiyalarning mohiyati, ilmiy-nazariy asoslari hamda ularning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari nazariy-tahliliy (sharh) yondashuv asosida tahlil qilinadi. Miya faoliyati haqidagi zamonaviy bilimlarga tayanuvchi neyropedagogika yo‘nalishining rivojlanishi, neyrofidbek, miya–kompyuter interfeysi, neyrovizualizatsiya va ta’limiy kineziologiya (neyrogimnastika) kabi texnologiyalarning didaktik salohiyati yoritiladi. Muallif neyrotexnologiyalarni maktabgacha ta’lim va bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash tizimiga tatbiq etishning istiqbolli yo‘nalishlarini, shuningdek, ushbu jarayonda yuzaga keladigan metodologik va axloqiy muammolarni – jumladan, ilmiy asoslangan usullarni neyromiflardan farqlash zaruratini ko‘rib chiqadi.
Hali tarjima qilinmagan