O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI EMOTSIONAL IBORALARNING SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TARJIMASIDAGI LINGVOPRAGMATIK MUAMMOLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi emotsional iboralarning sun’iy intellekt yordamida tarjima qilinishida yuzaga keladigan lingvopragmatik muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional ma’noning leksik, frazeologik, morfologik-stilistik va pragmatik jihatlari o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, tana a’zolari nomlari asosida shakllangan frazeologik birliklar, erkalash-kichraytirish shakllari, konnotativ ma’no, piching va kesatiq, shuningdek, nutqiy odob vositalarining tarjimada qayta ifodalanishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, emotsional iborani boshqa tilga o‘girishda lug‘aviy muqobillikning o‘zi yetarli emas; iboraning vaziyati, so‘zlovchining kommunikativ maqsadi va uslubiy bo‘yog‘ini ham hisobga olish zarur. Shu nuqtai nazardan, sun’iy intellekt tarjimasida funksional muqobillik va kontekstga tayangan yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.
Hali tarjima qilinmagan