Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BO'LAJAK KIBERXAVFSIZLIK MUTAXASSISLARIDA PROMPT-IN'EKSIYA HUJUMLARIDAN HIMOYALANISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Komronbek Hamza o'g'li ObloyevOsiyo xalqaro universiteti «Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar» kafedrasi stajyor, Buxoro shahri, O'zbekiston Respublikasi
2026
ABI

Annotatsiya

Katta til modellariga asoslangan tizimlarning keng ommalashuvi prompt-in'eksiya (ing. prompt injection) hujumlarini axborot xavfsizligining yangi tahdidiga aylantirdi, biroq amaldagi kiberxavfsizlik o'quv dasturlarida bu tahdidga qarshi himoyalanish ko'nikmalarini shakllantirish masalasi yetarlicha yoritilmagan. Tadqiqotning maqsadi bo'lajak kiberxavfsizlik mutaxassislarida prompt-in'eksiya hujumlaridan himoyalanish kompetensiyasini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda me'yoriy hujjatlar va xalqaro o'quv dasturlarini tahlil qilish, kompetensiyaviy yondashuv asosida pedagogik modellashtirish hamda o'quv laboratoriyasi uchun hisoblash tajribasi usullari qo'llanildi; tajribada ingliz, rus, o'zbek va aralash tillardagi 1650 ta namunadan foydalanildi. Natijada kompetensiyaning kognitiv, faoliyatli va refleksiv tarkibiy qismlari aniqlandi, didaktik model hamda yetti mashg'ulotdan iborat 16 soatlik laboratoriya praktikumi ishlab chiqildi. Topshiriqlar murakkabligi ekspert bahosi asosida emas, balki tajriba ma'lumotlari asosida hisoblangan indeks yordamida tartiblandi, baholash mezonlari esa talaba yaratgan himoya vositasining o'lchanadigan ko'rsatkichlariga bog'landi. Ingliz tiliga mo'ljallangan himoya vositasi rus va o'zbek tilidagi hujumlarning barchasini o'tkazib yuborishi aniqlandi, bu esa ko'p tilli o'quv materiallari zarurligini asoslaydi. Taklif etilgan metodika «Kiberxavfsizlik asoslari» fani mazmuniga alohida modul sifatida kiritilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar