Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XORIJ TAJRIBASIDA TALABALARNING ILMIY-TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MASALASINI O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA INTEGRATSIYALASH

Djurayeva Lola RustamovnaOsiyo xalqaro universiteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada xorijiy oliy ta’lim tajribasida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning yetakchi modellari hamda ACRLning axborot savodxonligi konseptual asosi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi xorijiy modellarning umumiy pedagogik mexanizmlarini aniqlash va ularni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi sharoitiga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xorijda ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmasi alohida topshiriq emas, balki o‘quv dasturiga integratsiyalashgan, bosqichma-bosqich murakkablashuvchi kompetensiyalar tizimidir. O‘zbekiston oliy ta’lim amaliyotida esa mazkur ko‘nikmalar ko‘pincha bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayoni bilan cheklanib qolmoqda, ilmiy rahbarlik tizimida esa ayrim hollarda mentorlikning mazmuniy jihatdan yetarlicha rivojlanmaganligi kuzatiladi. Shulardan kelib chiqib, maqolada ushbu muammolarni hal qilish bo‘yicha besh bosqichli integratsiyalashgan model taklif etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar