Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'SMIRLARDA INGLIZ TILINI O'RGANISH JARAYONIDA BILINGVAL IDENTIKLIKNING RIVOJLANISH OMILLARI

Mehriyo Nuraddin qizi Ro‘zmetovaBuxoro xalqaro universiteti 1-bosqich
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘smirlarda ingliz tilini o‘rganish jarayonida bilingval identichlikning shakllanishi va rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv, xalqaro ta‘lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida xorijiy tillarini o'rganishga bo'lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Shu bilan birga, yangi tilni egallash jarayonida nafaqat lingvistik kompetensiyaning, balki shaxsning madaniy, ijtimoiy va psixologik identichligining ham shakllanishiga ta‘sir ko'rsatadi. Maqolada bilingval identichlik tushunchasining nazariy asoslari, o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, til o‘rganishga ta‘sir qiluvchi motivatsion, ijtimoiy va pedagogik omillar yoritilgan. Shuningdek, ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning bilingval identichligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik yondashuvlar ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida kommunikativ, madaniyatlararo va shaxsga yo‘naltirilgan metodlardan foydalanish o‘smirlarda ikki tilli identichlikni rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shishini ko'rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar