Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR VA BIG DATA ASOSIDA TA’LIM MODELI

Abdullayev Shaxboz Solijon o‘g‘liFarg’ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi, ilmiy rahbarSaidaxon Mamatvali qiz MamatkarimovaFarg’ona davlat universiteti ta’limda axborot texnologiyalari yo’nalishi magistri E-mail: [email protected]
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida bulutli texnologiyalar va Big Data asosidagi ta’lim modelining nazariy hamda metodik asoslari yoritilgan. Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida paydo bo‘layotgan zamonaviy yondashuvlar, xususan, Cloud Computing hamda Big Data texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Bulutli texnologiyalar yordamida ta’lim resurslarini saqlash, boshqarish va masofadan foydalanishning afzalliklari va yutuqlari ochib berilgan. Shu bilan birga, Big Data asosidagi ta’lim analitikasi orqali o‘quvchilarning faoliyatini monitoring qilish, o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish hamda adaptiv ta’lim muhitini shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada LMS platformalari, learning analytics hamda sun’iy intellekt elementlari asosida integratsiyalashgan ta’lim modeli taklif qilingan. Taklif qilingan model o‘quv jarayonini individuallashtirish, pedagogik qarorlarni ilmiy asosda qabul qilish va ta’lim samaradorligini oshirish vazifasini bajaradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bulutli texnologiyalar va Big Data asosidagi ta’lim muhiti zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekanligi asos etib ko‘rsatilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar