INGLIZ TILINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ASOSIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Kommunikativ kompetensiyaning mazmuni, tarkibiy komponentlari (lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv va strategik) hamda ularni sun’iy intellekt vositalari yordamida shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Nutqni avtomatik tanish, tabiiy tilni qayta ishlash, chatbot va suhbat simulyatorlari, generativ til modellari yordamida talabalarning nutq faoliyatini tahlil qilish, xatolarni avtomatik aniqlash va individual teskari aloqa berish mexanizmlari tavsiflangan. Shuningdek, ingliz tili mashg‘ulotlarida sun’iy intellektga asoslangan kommunikativ mashqlar tizimining metodik modeli, uning samaradorligini baholash mezonlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarini metodik jihatdan maqsadli qo‘llash talabalarning og‘zaki nutq ravonligi, leksik-grammatik aniqligi, tinglab tushunish ko‘nikmalari va nutqiy o‘zaro muloqotga kirishish motivatsiyasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan