Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AN’ANAVIY VA MULTIMEDIYAVIY JANRLARNING O‘XSHASH VA FARQLI TOMONLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy jurnalistika tizimida an’anaviy va multimediyaviy janrlarning shakllanishi, rivojlanishi, o‘xshash hamda farqli jihatlari tahlil qilinadi. Raqamlashtirish va media konvergentsiyasi sharoitida axborotni yaratish, qayta ishlash, tarqatish va iste’mol qilish jarayonlarining o‘zgarishi yoritiladi. An’anaviy OAVga xos bo‘lgan tahririy nazorat, professional standartlar, bir yo‘nalishli kommunikatsiya va nisbatan barqaror janr xususiyatlari bilan yangi media muhitidagi tezkorlik, interaktivlik, giperhavolalilik, audiovizual imkoniyatlar va foydalanuvchi ishtiroki o‘rtasidagi munosabat ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, an’anaviy janrlarning raqamli platformalarga moslashuvi, matn, foto, audio, video, infografika va boshqa elementlarning yagona media mahsulotida birlashishi hamda bu jarayon jurnalistning kasbiy faoliyatiga ta’siri tahlil etiladi. Maqolada media mahsulotining ommabopligi bilan bir qatorda axborotning ishonchliligi, dezinformatsiya xavfi, media savodxonlik va jurnalistik mas’uliyat masalalariga ham e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari an’anaviy va multimediyaviy jurnalistikani qarama-qarshi hodisalar sifatida emas, balki zamonaviy konvergent media tizimida o‘zaro to‘ldiruvchi yo‘nalishlar sifatida baholash imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar