RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABALARNING METAPROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA LEARNING ANALYTICS TEXNOLOGIYASINING IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim talabalarining metaprofessional kompetentligini rivojlantirishda Learning Analytics texnologiyasining pedagogik imkoniyatlari tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim muhitida talabaning faqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashi yetarli bo‘lmay, axborotni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni hal etish, raqamli vositalardan samarali foydalanish, o‘z faoliyatini baholash va uzluksiz rivojlanishga tayyorlik kabi universal kompetensiyalarni shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Learning Analytics texnologiyasi talabalarning o‘quv faoliyati haqidagi raqamli ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va pedagogik qarorlar qabul qilish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi innovatsion vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada Learning Analyticsning metaprofessional kompetentlikning kognitiv, kommunikativ, raqamli, refleksiv va muammoli-vaziyatli komponentlarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Talabalarning individual ta’lim trayektoriyalarini aniqlash, o‘zlashtirish dinamikasini monitoring qilish, individual teskari aloqa taqdim etish hamda ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish imkoniyatlari yoritilgan.