DUAL TA’LIM TAMOYILLARI ASOSIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNI SUV RESURSLARINI MONITORING QILISHGA TAYYORLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada dual ta’lim tamoyillari asosida bo‘lajak muhandislarni suv resurslarini monitoring qilishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarda suv resurslarining holatini kuzatish, baholash, monitoring natijalarini tahlil qilish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tegishli muhandislik qarorlarini qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodikani ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash, kuzatish, so‘rovnoma, suhbat, pedagogik tajriba-sinov hamda natijalarni tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Dual ta’limning nazariy mashg‘ulotlarni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalash imkoniyatlari asosida suv resurslarini monitoring qilishga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shartlari aniqlandi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga amaliy topshiriqlar, real ishlab chiqarish vaziyatlari, monitoring ma’lumotlarini tahlil qilish, raqamli monitoring vositalaridan foydalanish va muammoli vaziyatlarni hal etishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarni joriy etish taklif etildi. Tadqiqot natijalari dual ta’lim asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularning holatini samarali monitoring qilishga tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatadi.