BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING 5K KOMPETENSIYALARINI ADAPTIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Annotatsiya
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5K kompetensiyalarini adaptiv ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda 5K kompetensiyalari sifatida kommunikatsiya, kollaboratsiya, kritik fikrlash, kreativlik hamda muammolarni hal qilish kompetensiyalari mazmuni tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchining individual imkoniyatlari, qiziqishlari, bilim darajasi va o‘zlashtirish sur’atini hisobga olish zarurati asoslab beriladi. Adaptiv ta’lim texnologiyalarining o‘quv jarayonini individuallashtirish, differensiallashtirish va o‘quvchining individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirishdagi imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada 5K kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan adaptiv topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, hamkorlikdagi faoliyat, loyiha ishlari, raqamli ta’lim vositalari va refleksiv yondashuvlardan foydalanish metodikasi taklif etilgan. Shuningdek, 5K kompetensiyalarini baholashning mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda adaptiv yondashuvdan tizimli foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muloqot qilishi, jamoada ishlashi, ijodiy yondashishi va muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.