ILMIY MAQOLA YOZISH – TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI SHAKLI SIFATIDA
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishning samarali shakllaridan biri sifatida ilmiy maqola yozish jarayoni nazariy jihatdan tahlil qilingan. Kredit-modul tizimi sharoitida talabaning mustaqil bilim olish qobiliyati muhim kompetensiyaga aylanib borayotgani, biroq bu boradagi amaliyot ko‘pincha yuzaki xarakter kasb etayotgani asoslab berilgan. Ilmiy maqola yozish jarayonining bosqichlari – mavzu tanlash, adabiyotlarni qidirish va tahlil qilish, fikrni mantiqiy shakllantirish, matnni tuzish va tahrirlash – talabada axborot bilan ishlash, tanqidiy fikrlash, o‘z faoliyatini rejalashtirish (o‘z-o‘zini boshqarish) kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida oliy ta’lim amaliyotiga tavsiyalar ishlab chiqilgan.