TASVIRIY FAOLIYAT ORQALI BOLALAR KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI KOMPETENTLIGI VA KREATIVLIGINING O‘RNI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tasviriy faoliyat orqali bolalar kreativ fikrlashini rivojlantirishda tarbiyachi kompetentligi va kreativligining o‘rni tahlil qilingan. Unda zamonaviy maktabgacha ta’limda tarbiyachining kasbiy-pedagogik, metodik, psixologik-pedagogik, kommunikativ, kreativ va refleksiv kompetentligi bolalarning ijodiy faolligi hamda kreativ tafakkurini rivojlantirishning muhim omili sifatida asoslangan. Maqolada tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tayyor namuna asosida emas, balki erkin ijod, mustaqil obraz yaratish, muammoli savollar, fantaziyaga asoslangan topshiriqlar va integratsiyalashgan yondashuv orqali tashkil etish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, tarbiyachining kreativ yondashuvi bolalarda tasavvur, obrazli tafakkur, mustaqil fikr bildirish va o‘z g‘oyasini ijodiy ifodalash qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan.
Hali tarjima qilinmagan