O‘SMIRLARDA INTERNET QARAMLIGI VA YOLG‘IZLIK HISSI O‘RTASIDAGI MUNOSABAT
Annotatsiya
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida internet o‘smirlarning ta’lim olishi, muloqot qilishi, axborot izlash va bo‘sh vaqtini tashkil etishida muhim vositaga aylandi. O‘smirlarning internetdan nazoratsiz va haddan tashqari foydalanish ijtimoiy munosabatlarning susayishi, real hayotdagi muloqotning kamayishi hamda psixologik noqulayliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Yolg‘izlik hissi o‘smirning o‘zini jamiyatdan ajralgan, tushunilmagan yoki yetarlicha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmagan deb his qilishi bilan tavsiflanadi. Mazkur maqolada o‘smirlar orasida internetdan me’yoridan ortiq foydalanish va yolg‘izlik hissi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tahlil qilinadi.