KINO SANʼATI TAʼLIMI TALABALARIDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI VA PEDAGOGIK MOHIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada kino sanʼati taʼlimi talabalarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida kino taʼlimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari, raqamli montaj, vizualizatsiya, sunʼiy intellekt va media platformalardan samarali foydalanish masalalari yoritiladi. Talabalarning raqamli kompetensiyasi ilkbor transmedia hikoyachilik yoʻnalishi asosida tavsiflanadi. Shuningdek, kino sanʼati taʼlimida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, metodik yondashuvlar va amaliy faoliyat turlari ko‘rib chiqiladi.