TA’LIMDA KOLLABORATSIYA VA KOOPERATSIYA MASALALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida kollaboratsiya va kooperatsiyaning pedagogik mohiyati, o‘zaro farqli va mushtarak jihatlari hamda o‘quvchilarning kognitiv, kommunikativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy-tahliliy, tizimli, kontent-tahlil va modellashtirish metodlari tashkil etadi. Ilmiy manbalar tahlili asosida kollaborativ ta’limning umumiy maqsad, muzokara, o‘zaro fikr almashish va birgalikda bilim yaratishga, kooperativ ta’limning esa vazifalarni taqsimlash, individual mas’uliyat va o‘zaro yordamga ko‘proq tayanishi aniqlandi. Tadqiqot natijasida ta’lim jarayonida kollaboratsiya va kooperatsiyani uyg‘unlashtirishning mualliflik modeli taklif etildi.