TEXNIKA FANLARI TA’LIMIDA MUSTAQIL TA’LIMNI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH: ADAPTIV VA O‘ZINI O‘ZI BOSHQARIB O‘RGANISHGA YO‘NALTIRILGAN MODEL
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot texnika fanlari ta’limida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi oliy ta’limning raqamli transformatsiyasi, generativ sun’iy intellekt vositalarining jadal rivojlanishi va texnik mutaxassislarni tayyorlash jarayonida talabaning mustaqil, algoritmik hamda muammoli fikrlash kompetensiyalariga bo‘lgan talabning ortishi bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi 60710400 – Energetika muhandisligi ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalarining “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan mustaqil ta’lim jarayonini sun’iy intellekt asosida tashkil etish modelini ishlab chiqish va uning o‘quv natijalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.