MUSTAQIL TA’LIMNI BULUTLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TASHKIL ETISHDA XORIJ TAJRIBASI (BOSHLANG’ICH TA’LIM MISOLIDA)
Annotatsiya
Ushbu maqolada bulutli texnologiyalar asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning xorijiy tajribalari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga joriy etilishi o‘quv jarayonining moslashuvchanligi, samaradorligi va shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlayotgani ilmiy asosda yoritiladi. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Finlyandiya va Singapur kabi ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida bulutli muhitda ta’lim resurslarini boshqarish, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi interaktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mustaqil ta’limni individuallashtirishning samarali mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bulutli ta’lim platformalari (Google Workspace for Education, Microsoft Azure Education, MoodleCloud va boshqalar) imkoniyatlari, ularning o‘quv jarayoniga integratsiyasi hamda natijaviyligi bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar beriladi. Maqola yakunida O‘zbekiston ta’lim tizimida xorijiy tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.