MEHNAT MIGRANTLARI PUL O‘TKAZMALARINING HUDUDIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARI
2026uz
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Mehnat migratsiyasi O‘zbekiston hududlari iqtisodiyotining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Migrantlar yuborgan pul o‘tkazmalari, bir tomondan, oilalar daromadini oshirib, ichki talabni qo‘llab-quvvatlasa, ikkinchi tomondan, hududlarning tashqi omillarga bog‘liqligini kuchaytirmoqda. Shu bois ushbu mablag‘larning hududiy rivojlanishdagi o‘rnini baholash va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlarni qiyosiy va hududiy kesimda tahlil qilish usullaridan foydalanildi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba