TALABALARDA CHET TILINI O’RGANISH SAMARADORLIGINI TA’MINLOVCHI SHAXS XUSUSIYATLARINING PSIXOLOGIK TUZILMASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada talabalarda chet tilini o’rganish samaradorligini belgilovchi shaxs xususiyatlarining psixologik tuzilmasi tahlil qilinib, ushbu tuzilma asosida ishlab chiqilgan SHAF-modeli (shaxsiy resurslarni faollashtirish orqali til o’zlashtirish samaradorligini ta’minlash modeli) ilmiy jihatdan asoslanadi. Model "Big Five" shaxslilik omillari va VIA 24 shaxsiy kuch konsepsiyasini yagona nazariy-amaliy tizimga birlashtiradi, bu yondashuv Markaziy Osiyo ta’lim psixologiyasi adabiyotida ilgari qo’llanilmagan. 190 nafar talaba (106 filologiya, 84 nofilologiya yo’nalishi) ishtirokida o’tkazilgan so’rovnoma natijalari asosida 11 psixodiagnostik instrumentning asosiy shkalalari bo’yicha tasviriy statistika va Kolmogorov-Smirnov normallik testi natijalari keltirilgan. Ko’pchilik shkalalarda normal taqsimotdan sezilarli chetlanish aniqlanishi keyingi tahlil bosqichlarida nonparametrik statistik usullarning qo’llanilishini metodologik jihatdan asoslaydi. Maqolada, shuningdek, SHAF-modelining uch bosqichli tuzilmasi (diagnostik, faollashtiruvchi, integrativ) va uning nazariy manbalari tavsiflangan.
Hali tarjima qilinmagan