Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TALABA YOSHLARGA XOS IJTIMOIY FOBIYANING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI VA YUZAGA KELISH SABABLARINI PSIXOLOGIK TADQIQ ETISH

Dilrabo Muqumova"TIIAME" National Research University. Qori Niyoziy 39, Tashkent 100000 ID
2026
ABI

Annotatsiya

Muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv, ta’limiy, kasbiy va boshqa faoliyat sohalarida shaxsning shakllanishini ta’minlovchi muhim omillar qatoriga ochiqlik, jasorat, turli qiyinchilik va to‘siqlarni yengib o‘tishga tayyorlik, omma oldida nutq so‘zlay olish, o‘z fikrini aniq va izchil ifodalash, o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqiddan cho‘chimaslik kabi sifatlar kiradi. Biroq turli holatlar ta’sirida inson mavjud salohiyatini har doim ham to‘liq namoyon eta olmaydi. Shunday omillardan biri - jamiyat oldidagi qo‘rquv, boshqacha aytganda, ijtimoiy fobiya (sotsiofobiya)dir. Maqolada talabalarda ijtimoiy fobiya belgilarining namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda ularning ehtimoliy yuzaga kelish sabablari ko‘rib chiqilgan. Maqolada muammo bo‘yicha ilmiy-nazariy adabiyotlarni umumlashtiruvchi tahlil qilingan hamda maxsus metodikalar - M. Liebowitz testi va O.A. Sagalakova hamda D.V. Truevtsevning “Ijtimoiy xavotir va sotsiofobiya so‘rovnomasi” yordamida olingan eksperimental ma’lumotlarni miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilingan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba