O‘ZBEK TILINING ICHKI IMKONIYATLARI ASOSIDA SHAKLLANGAN TA’LIM DISKURSI NEOLOGIZMLARI
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek ta’lim diskursida tilning ichki imkoniyatlari asosida shakllangan neologizmlar tahlil qilinadi. Affiksatsiya, qo‘shma va analitik nomlar yaratish, qisqartirish hamda semantik yangilanishning yangi ta’lim tushunchalarini ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Raqamlashtirish, moslashuvchanlik, videodars, mediasavodxonlik, masofaviy ta’lim, OTM va virtual sinf kabi birliklarning tuzilishi hamda ma’nosi qiyosiy va tavsifiy yondashuv asosida izohlanadi. Olimlarning so‘z yasalishi va terminologiyaga oid qarashlari baholanib, grammatik imkoniyat bilan amaldagi termin o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi. Neologizmning faolligi semantik aniqlik, nominativ ehtiyoj, manbalardagi takroriylik, imlo barqarorligi va ta’lim diskursidagi muntazam qo‘llanish asosida belgilanishi xulosalanadi.