Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ZAMONAVIY TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUV ORQALI O‘QUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

Nasiba SabirovaGulhayo Sharif qizi RoʻzmetovaOsiyo xalqaro universiteti Pedogogika yoʻnalishi magistri
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy ta’lim tizimida differensial yondashuv asosida o‘quv faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual xususiyatlari, qobiliyatlari, bilim darajasi va psixologik imkoniyatlarini hisobga olish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Differensial yondashuvning pedagogik mohiyati, uning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdagi o‘rni, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida ochib berilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, raqamli vositalar va innovatsion ta’lim muhitidan foydalanish orqali differensial ta’limni tashkil etish masalalari keng tahlil etilgan. O‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ularga mos metod va topshiriqlarni tanlash, baholash tizimini differensial tashkil qilish hamda o‘qituvchining metodik kompetentligini rivojlantirish kabi omillar o‘quv faoliyatini samarali shakllantirishning muhim sharti sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari differensial yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasini kuchaytirishi, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishi va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba