G‘ALLA YIG‘ISHTIRISH TEXNOLOGIYALARI VA KOMBAYNLAR ISHLASHINI ANIMATSION MATEMATIK MODELLASHTIRISH ASOSIDA O‘QITISH
Annotatsiya
Maqolada g‘alla hosilini yig‘ishtirish texnologiyalari hamda g‘alla kombaynlari ishlashi va texnologik ish jarayonini o‘qitishda Python/MATLAB asosidagi animatsion simulyatsion moduldan foydalanish pedagogik samaradorligi empirik jihatdan o‘rganilgan. Modul don yig‘ishtirish texnologik zanjirining asosiy bosqichlari kesish, xirmonlash, ajratish, aerodinamik tozalash va donni tashishni agrotexnik parametrlar asosida raqamli modellashtiradi va talabalar Jupyter Notebook interfeysida parametrlarni o‘zgartirib, don yo‘qotishi va kombayn unumdorligi ko‘rsatkichlarini real vaqtda kuzatadi. 2024-yil fevral-may oylarida Qarshi davlat texnika universitetida 60810100 – “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘tkazilgan pretest-posttest kvazitajribaviy tadqiqotda (, tajriba guruhi nazorat guruhi ) tajriba guruhining kognitiv va operatsional kompetensiya ko‘rsatkichlari statistik jihatdan ishonchli yuqori ekanligi aniqlandi: kognitiv komponent bo‘yicha foiz punkti (Welch ; ; Cohen's ); operatsional kompetensiya bo‘yicha foiz punkti (baholash mezoni bo‘yicha effect hajmi). Bloom taksonomiyasining “qo‘llash” darajasida va “tahlil” darajasida yuqori effektlar qayd etildi.
Hali tarjima qilinmagan