O‘ZBEK OILALARIDA HUQUQIY SOTSIALIZATSIYA HUQUQIY SAVODXONLIKNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI SIFATIDA
Annotatsiya
Maqolada huquqiy savodxonlik psixologik hodisa sifatida tahlil qilinib, uning oila muhitida shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki psixologik determinantlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi - o‘zbek oilalarida huquqiy sotsializatsiya jarayonini izohlovchi psixologik omillarni nazariy jihatdan tizimlashtirish va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi konseptual modelni ishlab chiqishdir. Tahlil natijasida to‘rt asosiy determinant ajratib ko‘rsatildi: huquqiy institutlarga ishonch, huquqiy nigilizm va o‘rganilgan nochorlik, ota-onaning tarbiya uslubi hamda huquqiy o‘z-samaradorlik. Maqola yakunida milliy madaniy kontekstga moslashtirilgan konseptual model va keyingi empirik tadqiqotlar uchun ilmiy gipotezalar taklif etiladi.