DEMOKRATIK QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH VA GLOBAL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada demokratik qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ular asosida global fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda demokratik ta’limning nazariy ildizlari, ta’limni demokratlashtirish tamoyillari, erkin fikrlash, tenglik, o‘zaro hurmat va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. J.J. Russo, I. Berlin, M. Fuko, M. Nussbaum va A. Nill qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, Summerhill maktabi tajribasi demokratik ta’limning amaliy modeli sifatida umumlashtiriladi. Tadqiqot natijasida demokratik tamoyillar bilan global fuqarolik kompetensiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi hamda ta’lim muhitining demokratikligini ta’minlovchi pedagogik mexanizmlar asoslab berildi. Tahlil demokratik muhitda tashkil etilgan ta’lim o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilishi, o‘z fikrini asoslay olishi, boshqalarning qarashlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga zamin yaratishini ko‘rsatadi.