ONKOLOGIK BEMORLAR HAYOT SIFATINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI VA PSIXOKORREKSION TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada onkologik bemorlar hayot sifatini oshirishga xizmat qiluvchi psixologik mexanizmlar hamda zamonaviy psixokorreksion texnologiyalarni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda onkologik kasallikning bemorlarning emotsional holati, psixologik farovonligi, ijtimoiy moslashuvi va hayot sifatiga ta'sir etuvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, psixologik rezilentlik, stressni boshqarish, emotsional qo‘llab-quvvatlash, kognitiv-xulq-atvor yondashuvi va psixologik maslahatning bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Psixokorreksion texnologiyalarni individual ehtiyojlarga mos ravishda takomillashtirish bemorlarning davolanishga motivatsiyasini oshirish, psixologik moslashuvini kuchaytirish va psixoemotsional barqarorligini ta'minlashga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari onkologik bemorlarga ko‘rsatiladigan psixologik yordam tizimini takomillashtirish va multidissiplinar yondashuv samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hali tarjima qilinmagan