MIGRATSION JARAYONLARDA OILAVIY QADRIYATLARNING O‘ZGARISHIGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOSOSIAL OMILLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada migratsion jarayonlarning oilaviy qadriyatlar tizimiga ko‘rsatadigan psixologik va ijtimoiy ta'siri tahlil qilingan. Zamonaviy migratsiya sharoitida oila a'zolarining uzoq muddat ajralishi, yangi madaniy muhitga moslashuvi, iqtisodiy omillar hamda kommunikatsiya shakllarining o‘zgarishi oilaviy qadriyatlar transformatsiyasining muhim determinantlari sifatida yoritilgan. Tadqiqotda psixososial omillar, jumladan, emotsional yaqinlik, oilaviy identifikatsiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, madaniy adaptatsiya va avlodlararo qadriyatlar almashinuvining oila barqarorligiga ta'siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, migratsiya sharoitida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash hamda psixologik farovonlikni ta'minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.