OLIY TA'LIMDA ADAPTIV TA'LIM TIZIMINI SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA ISHLAB CHIQISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida sun'iy intellekt texnologiyalariga asoslangan adaptiv ta'lim tizimini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Adaptiv ta'limning mazmuni, tamoyillari hamda ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv jarayonini shaxsiylashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Sun'iy intellekt algoritmlari yordamida talabalarning bilim darajasi, o'zlashtirish sur'ati, qiziqishlari va o'quv faoliyati natijalarini tahlil qilish asosida individual ta'lim trayektoriyalarini shakllantirish mexanizmlari tavsiflangan. Shuningdek, adaptiv platformalarni loyihalashning konseptual modeli, ularning samaradorligini baholash mezonlari hamda oliy ta'lim sifatini oshirishdagi ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt asosidagi adaptiv ta'lim tizimlarini joriy etish talabalarning o'quv motivatsiyasi, mustaqil ta'lim ko'nikmalari va akademik natijalarini yaxshilashga xizmat qilishini ko'rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan