Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KASR TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI O‘QITISHDA MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA VIZUALLASHTIRISH USULLARIDAN FOYDALANISH

Sh. Sh. RamazonovaOsiyo Xalqaro universiteti, stajyor
2026
ABI

Annotatsiya

Zamonaviy oliy ta’lim tizimida murakkab matematik tushunchalarni talabalarga mazmunan chuqur, mantiqan izchil va amaliy jihatdan tushunarli tarzda yetkazish muhim metodik vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, kasr tartibli differensial tenglamalar klassik differensial tenglamalarga nisbatan murakkab matematik tuzilishga ega bo‘lib, ularni o‘rganishda talabalardan abstrakt tafakkur, funksional bog‘lanishlarni tahlil qilish, matematik model qurish va olingan natijalarni geometrik hamda fizik mazmunda talqin eta olish ko‘nikmalari talab etiladi. Kasr tartibli hosila tushunchasining integral operatorlar bilan uzviy bog‘liqligi, yechimlarning vaqt va fazoga nisbatan o‘ziga xos xatti-harakati hamda xotira effektining mavjudligi mazkur mavzuni an’anaviy bayon qilish usullari bilangina samarali o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Shu sababli kasr tartibli differensial tenglamalarni o‘qitishda matematik modellashtirish, grafik tasvirlash, dinamik vizuallashtirish va kompyuter vositalaridan foydalanish alohida metodik ahamiyat kasb etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar