Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TURLI YOSH DAVRLARIDA KO‘P OMILLI PERFEKTSIONIZM VA O‘Z-O‘ZIGA MUNOSABAT NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Marxabo Xayitboyevna NazaraliyevaRenessans ta’lim universiteti Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada shaxsning ko‘p omilli perfektsionizm va o‘z-o‘ziga munosabat xususiyatlarining turli yosh davrlarida namoyon bo‘lishi empirik tadqiqot natijalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda besh yosh guruhiga mansub 1052 nafar respondent ishtirok etdi. Perfektsionizm P.Hewitt va G.Flettning ko‘p o‘lchovli shkalasi, o‘z-o‘ziga munosabat esa V.Stolin va S.Pantileyev metodikasi orqali o‘lchandi, natijalar Kruskal-Uollis mezoni bilan qayta ishlandi. Natijalarga ko‘ra, o‘z-o‘ziga munosabatning sakkizta shkalasi hamda o‘ziga va boshqalarga yo‘naltirilgan mukammallik yosh davrlari bo‘yicha statistik ahamiyatli farqlandi (p<0,01): ko‘rsatkichlar ilk o‘spirinlikda eng past, yetuklikda eng yuqori bo‘ldi; ichki ziddiyat esa teskari dinamikaga ega bo‘ldi. Ijtimoiy hayotga yo‘naltirilgan mukammallik va o‘z-o‘zini ayblashda sezilarli farq topilmadi. Natijalar mazkur xususiyatlarning shaxs ontogenezi davomida dinamik rivojlanishini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar