Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING O‘QUV PROKRASTINATSIYASI: PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR VA PROFILAKTIK YONDASHUVLAR

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarda namoyon bo‘ladigan o‘quv prokrastinatsiyasining psixologik xususiyatlari, uning shakllanishiga ta’sir qiluvchi determinantlar va profilaktik yondashuvlar tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga chuqur kirib borishi talabalarga axborotni tezkor izlash, masofadan ta’lim olish va o‘quv resurslaridan keng foydalanish imkoniyatini yaratishi bilan birga, diqqatning bo‘linishi va o‘quv vazifalarini kechiktirish uchun yangi sharoitlarni ham yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot doirasida raqamli chalg‘ituvchilar, tezkor mukofotga yo‘nalganlik, o‘zini o‘zi nazorat qilishning sustligi, akademik motivatsiyaning pasayishi, vazifani subyektiv jihatdan murakkab qabul qilish hamda raqamli muhitda vaqtni boshqarishdagi qiyinchiliklar o‘quv prokrastinatsiyasining muhim psixologik determinantlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, talabalarda raqamli o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, diqqatni boshqarish, o‘quv faoliyatini strukturaviy rejalashtirish, raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilish va refleksiv monitoringni yo‘lga qo‘yish prokrastinatsiyaning oldini olishning muhim yo‘nalishlari sifatida asoslanadi. Maqolada raqamli ta’limning imkoniyatlarini saqlab qolgan holda uning psixologik xavflarini kamaytirishga qaratilgan profilaktik yondashuvlar taklif etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar