Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ATOQLI OTLAR NOMI ISHTIROKIDAGI FRAZEOLOGIZMLAR: SEMANTIK TAHLIL

Nargiza Abduraxmanovna XurramovaTermiz davlat universiteti, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada atoqli otlar, xususan, inson ismlari, tarixiy va adabiy shaxs nomlari hamda mifologik obrazlar nomi ishtirokidagi frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari tadqiq etiladi. Atoqli otlar tilning nominativ qatlamiga mansub bo‘lib, odatda muayyan shaxs, joy yoki obyektni individuallashtirish vazifasini bajaradi. Biroq ular frazeologik birliklar tarkibida qo‘llanganda dastlabki nominativ vazifasidan tashqari ramziy, ko‘chma, emotsional-ekspressiv, baholovchi va lingvomadaniy ma’nolarni ham ifodalashi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar