Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING STRESSGA BARQARORLIKKA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

FIRDAVSIY O'TKIR O'G'LI AVULXAIROVToshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali, Pedagogika va psixologiya kafedrasi v.b
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning shaxsning stressga barqarorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Stress tushunchasining shakllanish tarixi, uning fiziologik va psixologik mazmuni, stressning asosiy bosqichlari hamda eustress va distress shakllari yoritilgan. G. Selye, R. Lazarus va boshqa tadqiqotchilarning stressga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinib, stress reaksiyasining yuzaga kelishida tashqi stressorlar bilan bir qatorda shaxsning vaziyatni subyektiv baholashi, individual tajribasi, motivatsiyasi va o‘zini-o‘zi boshqarish xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan. Shuningdek, oilaviy muhit, ota-onalarning shaxsiy namunasi, oiladagi o‘zaro munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom fikrlash, jismoniy faollik, ratsional ovqatlanish, faol dam olish va psixogigiyena stressning salbiy oqibatlarini kamaytiruvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Oilada sog‘lom turmush tarzining shakllanishi shaxsning stressogen vaziyatlarga moslashuvi, emotsional barqarorligi va psixologik farovonligini ta’minlashning muhim sharti sifatida baholangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar