Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TA’LIMDA ADOLAT VA TENGLIK TAMOYILLARI: FALSAFIY-AXLOQIY TAHLIL

Mohira Anvarovna AzizovaJismoniy madaniyat va gumanitar fanlar kafedrasi, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada ta’limda adolat va tenglik tamoyillarining falsafiy-axloqiy asoslari tahlil qilinadi. Ta’lim inson qadr-qimmatini ro‘yobga chiqaruvchi va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga yo‘l ochuvchi asosiy ijtimoiy ne’mat sifatida qaralib, unga bo‘lgan huquqning haqiqiy amalga oshirilishi bevosita adolat masalasi bilan bog‘liqligi asoslanadi. Maqolada formal tenglik va real tenglik o‘rtasidagi farq, imkoniyatlar tengligi, jarayondagi adolat va natijadagi tenglik masalalari hamda ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy, raqamli va inklyuziv tengsizlik ko‘rinishlari yoritilgan. Adolatning egalitar, proporsional, meritokratik, rawlscha va imkoniyatlarga asoslangan konsepsiyalari ta’lim kontekstida qiyosiy tahlil qilingan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar