TALABALARDA AKADEMIK PROKRASTINATSIYANING VA PSIXOLOGIK OMILLARI VA UNING O‘QUV FAOLIYATIGA TA’SIRI
Annotatsiya
Mazkur maqolada talabalarda uchraydigan akademik prokrastinatsiya hodisasi, uning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi asosiy psixologik omillar hamda mazkur holatning o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Akademik prokrastinatsiya- bu o‘quv topshiriqlarini bajarishni asossiz ravishda kechiktirish, muhim vazifalarni keyinga surish va buning natijasida salbiy oqibatlarga duch kelishi bilan tavsiflanadigan psixologik holatdir. Ushbu hodisa bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida keng tarqalgan bo‘lib, ularning bilim olish sifati, akademik natijalari va shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada akademik prokrastinatsiyaning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar, jumlada motivatsiyaning yetishmasligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi, muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish, stress va xavotir darajasining yuqoriligi, vaqtni boshqarishning ko‘nikmalarining sust rivojlanganligi hamda shaxsning individual – psixologik xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Natijada, prokrastinatsiyaning talabarning akademik o‘zlashtirishi, darslarga tayyorgarligi, mustaqil ta’lim faoliyati, emotsional holati va umumiy psixologik farovonligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil etilgan.
Hali tarjima qilinmagan