INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada inklyuziv ta'lim sharoitida boshlang'ich sinf o'quvchilarining axborot madaniyatini shakllantirish muammosi pedagogik nazariya va amaliyot birligida tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi - mazkur jarayonning samaradorligini ta'minlovchi pedagogik shart-sharoitlar tizimini nazariy jihatdan asoslash, uning struktur-funksional modelini ishlab chiqish va diagnostik apparatini yaratishdan iborat. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, shaxsga yo'naltirilgan, faoliyatga asoslangan hamda ta'limning universal dizayni (UDL) yondashuvlari metodologik asos qilib olindi. Nazariy tahlil, modellashtirish, kontent-tahlil, pedagogik kuzatish, so'rovnoma, ekspert baholash va tajriba-sinov metodlari qo'llanildi. Natijada axborot madaniyati motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv komponentlarning yaxlit birligi sifatida talqin qilinib, muallif ta'rifi ilgari surildi; oltita o'zaro bog'liq pedagogik shart-sharoit aniqlandi; olti mezon va uch darajali diagnostik matritsa ishlab chiqildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi axborot madaniyatini shakllantirishning inklyuziv-differensial modelini asoslashda hamda "yagona maqsad - ko'p yo'lli erishish" tamoyilini boshlang'ich ta'lim amaliyotiga tatbiq etish mexanizmini ochib berishda namoyon bo'ladi. Olingan natijalar boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, o'quv-metodik ta'minotni takomillashtirishda qo'llanilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan