SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TALABALARNING ILMIY IJODINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI
Annotatsiya
Maqolada “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini sun’iy intellekt vositalari bilan integratsiyalash orqali talabalarning ilmiy ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model va uning tajriba-sinov natijalari yoritilgan. Kvazi-eksperimental tadqiqotda 60 nafar talaba qatnashdi: 31 nafari tajriba, 29 nafari nazorat guruhiga ajratildi. Tajriba guruhida loyiha, muammoli ta’lim, refleksiya, portfolio, adaptiv platformalar va generativ sun’iy intellekt vositalari uyg‘un qo‘llandi. Yakuniy natijada tajriba guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 3,61 dan 4,19 ga, nazorat guruhiniki 3,59 dan 3,79 ga oshdi; guruhlararo farq statistik ahamiyatli bo‘ldi (t=4,58; p<0,05). Natijalar “Talaba–O‘qituvchi–Sun’iy intellekt” hamkorligi ilmiy tafakkur, tadqiqotchilik kompetensiyasi va raqamli savodxonlikni rivojlantirishda samarali ekanini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan