«O’ZINI BOSHQARISH» KONSTRUKTINING CHET TILI XAVOTIRI VA O’RGANISH SAMARADORLIGI BILAN BOG’LIQLIGI
Annotatsiya
Maqolada 190 nafar talaba ishtirokida o’tkazilgan tadqiqot asosida "Big Five" shaxslilik omillarining ijtimoiy-psixologik faollik, emotsional intellekt, chet tili xavotiri va chet tilini o’rganish samaradorligi bilan Spirmen rang korrelyatsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqotning markaziy topilmasi shundan iboratki, klassik nazariy kutilmaga (H.Eyzenk modeli) zid ravishda, Neyrotizm shkalasi chet tili xavotiri bilan deyarli nolga yaqin va statistik ahamiyatsiz bog’liqlik (r=0,015; p>0,05) ko’rsatgan, buning o’rniga «O’zini boshqarish» («Big Five» faolligi doirasidagi o’z-o’zini tartibga solish shkalasi) xavotir bilan kuchli manfiy (r=-0,725; p≤0,01), emotsional barqarorlik bilan kuchli musbat (r=0,742; p≤0,01) va standartlashtirilgan test ko’rinishidagi samaradorlik bilan o’rtacha-kuchli musbat (r=0,585; p≤0,01) bog’liqlik namoyon etgan. Natijalar K.Popperning falsifikatsiya tamoyiliga muvofiq ochiq tahlil qilinib, chet tili xavotirini bashorat qiluvchi asosiy psixologik mexanizm nevrotik temperament emas, balki shaxsning o’z xatti-harakati va emotsiyalarini tartibga solish qobiliyati ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan