BADIIY-PEDAGOGIK ASARLAR ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY MULOQOT MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
O‘g‘ilxon Sobirjonovna SultonovaQo‘qon davlat universiteti tayanch doktaranti
2026
Ochiq kirishBronza
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada badiiy-pedagogik asarlar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy muloqot madaniyatini takomillashtirishning nazariy, metodik va amaliy asoslari yoritilgan. Pedagogik faoliyatda muloqotning insonparvarlik, axloqiy, hissiy, nutqiy va refleksiv jihatlari bo‘lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarligini belgilovchi muhim omillar sifatida tahlil qilinadi. Badiiy-pedagogik asarlardagi ustoz va o‘quvchi obrazlari, dialoglar, pedagogik vaziyatlar, ziddiyatlar, axloqiy tanlovlar va ruhiy kechinmalardan kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos6 ta foydalanilgan manba