ODDIY DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI CASE TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Annotatsiya
Maqolada oddiy differensial tenglamalarni CASE texnologiyasi asosida o‘qitishning analitik, sonli va sifat tahlilini birlashtiruvchi metodik modeli taklif etiladi. Yondashuvda differensial tenglama tayyor obyekt sifatida emas, real yoki realga yaqin vaziyatni modellashtirish natijasi sifatida quriladi. Model vaziyatni tahlil qilish, o‘zgaruvchi va parametrlarni tanlash, farazlarni asoslash, ODTni tuzish, turli usullar bilan yechish, natijalarni taqqoslash, interpretatsiya va variatsiyalash bosqichlarini qamrab oladi. Metodika o‘zgaruvchan hajmli aralashma, kvadratik qarshilikli harakat, davriy issiqlik almashinuvi va doimiy ajratib olishli logistik tizim misollarida yoritiladi.