Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TALABALARDA IJTIMOIY MAS’ULIYAT HISSINING RIVOJLANISHIDA AXLOQIY IDENTIFIKATSIYA VA FUQAROLIK POZITSIYASINING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Yunus JumaniyozovAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi v.b
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarda ijtimoiy mas’uliyat hissining shakllanishi va rivojlanishida axloqiy identifikatsiya hamda fuqarolik pozitsiyasining psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Talabalik davri shaxsning qadriyatlari, hayotiy qarashlari, ijtimoiy munosabatlarga munosabati va o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni anglash mexanizmlari faol tarkib topadigan muhim rivojlanish bosqichi sifatida yoritiladi. Tadqiqot doirasida axloqiy identifikatsiya shaxsning o‘zini muayyan axloqiy me’yorlar, qadriyatlar va xulqiy tamoyillar bilan bog‘lash jarayoni sifatida, fuqarolik pozitsiyasi esa jamiyat hayotiga ongli munosabat, ijtimoiy tashabbus va umumiy manfaatlarga daxldorlikni ifodalovchi psixologik holat sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, ushbu ikki omilning o‘zaro uyg‘unligi talabaning mas’uliyatli qaror qabul qilishi, jamoaviy faoliyatda ishtirok etishi, ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmasligi va o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini anglashiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ochib beriladi. Maqolada ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishda ta’lim muhiti, shaxsiy namuna, ijtimoiy faoliyat va refleksiv yondashuvning ahamiyatiga ham e’tibor qaratiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar