Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SPORT FAOLIYATIDA STRESSGA CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Yangiboyeva Dilnoza Abdurasul qiziBuxoro xalqaro universitetini
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada sport faoliyatida stressga chidamlilikni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Sportchilar faoliyatida stress omillari - musobaqa bosimi, natija uchun javobgarlik, tomoshabinlar kutuvi va raqobat muhiti - muhim psixologik yuklamani yuzaga keltiradi. Mazkur jarayonda stressga chidamlilik shaxsning emotsional barqarorligi, kognitiv baholash strategiyalari va o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari orqali shakllanadi. Maqolada kognitiv qayta baholash, motivatsion tayyorgarlik, diqqatni boshqarish, o‘ziga ishonchni mustahkamlash hamda psixologik relaksatsiya usullarining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, sportchilarda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, murabbiy bilan samarali kommunikatsiya va jamoaviy muhitning roliga alohida e’tibor qaratiladi. Stressga chidamlilikni rivojlantirish sportchining nafaqat musobaqa natijalarini yaxshilaydi, balki uning umumiy psixologik salomatligini ham mustahkamlaydi. Tadqiqot natijalari sport psixologiyasi amaliyotida stressni boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar