MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TAFAKKUR JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur jarayonlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va psixologik-pedagogik metodlar tizimlashtirilgan. Tafakkurning taqqoslash, tahlil, sintez, tasniflash, umumlashtirish, ketma-ketlikni aniqlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushunish va muammoli vaziyatlarni hal etish kabi operatsiyalarini shakllantirishning yoshga xos xususiyatlari yoritilgan. Muammoli ta’lim, o‘yin texnologiyasi, rivojlantiruvchi ta’lim, vizual modellashtirish, loyiha, tajriba-sinov, hamkorlikdagi ta’lim, STEAM va raqamli vositalardan maqsadli foydalanishning imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, “ortiqchasini top”, “mosini top”, “ketma-ketlikni davom ettir”, “nima uchun?”, “agar ... bo‘lsa nima yuz beradi?” kabi metodlarning tafakkur rivojiga ta’siri asoslangan. Maqolada texnologiya va metodlarni tanlash mezonlari, mashg‘ulotni bosqichma-bosqich tashkil etish modeli hamda natijalarni baholash ko‘rsatkichlari taklif etilgan.