JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOTLARINI MODERNIZATSIYALASHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH ASOSIDA O'QUVCHILARNING MOTIVATSIYASI VA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI OSHIRISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini modernizatsiyalashda interfaol metodlardan foydalanishning o'quvchilar motivatsiyasi va psixologik tayyorgarligiga ta'siri tizimli tahlil qilinadi. Jismoniy faollikning samaradorligi nafaqat texnik-uslubiy, balki motivatsion, kognitiv, emotsional va ijtimoiy-interaktiv omillar ta'sirida shakllanishi asoslab beriladi. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning (Deci, Ryan, Bandura, Harter, Nicholls, Vygotskiy, G'oziyev, Karimova) nazariy qarashlari asosida o'quvchining jismoniy tarbiya darslaridagi faolligini baholashning kompleks mezonlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari interfaol metodlarni tatbiq etishda o'quvchining psixologik holatini muntazam kuzatib borish zarurligini ko'rsatadi.