Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TALABA QIZLARDA TASHQI QIYOFADAN QONIQISHNING SHAXS XUSUSIYATLARI BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI.

Dilrabo Abdulaziz qizi ZuxurovaO‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada talaba qizlarda tashqi qiyofadan qoniqish va shaxs xususiyatlari hamda qadriyat yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tahlil qilingan. Tadqiqotda talaba qizlarning “Tashqi ko‘rinishingiz sizni qoniqtiradimi?” savoliga bergan javoblari V. Stefansonning “Q-saralash” metodikasi hamda Sh. Shvartsning “Qadriyatlarni aniqlash” so‘rovnomasi natijalari bilan taqqoslangan. Guruhlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlashda Mann–Whitney U mezonidan foydalanilgan. Natijalar tashqi qiyofasidan qoniqish bilan “Muloqotmandlik” va “Kurashga tayyorlik” xususiyatlari o‘rtasida statistik jihatdan ishonchli farqlar mavjudligini ko‘rsatgan. “Mustaqillik” shkalasi bo‘yicha esa ishonchli farq aniqlanmagan. Shuningdek, tashqi qiyofasidan qoniqish darajasi Sh. Shvartsning normativ ideallari doirasidagi barcha qadriyat yo‘nalishlari — konformizm, an’analar, mehribonlik, universalizm, mustaqillik, rag‘batlantirish, gedonizm, yutuqlarga erishish, ustunlik qilish va xavfsizlik bilan statistik jihatdan ahamiyatli farqlar bilan tavsiflangan. Olingan natijalar tashqi qiyofadan qoniqish talaba qizlarning faqat estetik o‘zini baholashi emas, balki ularning ijtimoiy-muloqot xususiyatlari, o‘zini namoyon qilishi va qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq ko‘p qirrali psixologik hodisa ekanligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar