Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ABDULG‘OZIY BAHODIRXONNING SHAJARAYI TURK ASARIDAGI ETNONIMLARNING LISONIY TADQIQI

Nozima Furqat qizi BerdiyevaNavoiy davlat universiteti “Tillar” fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada XVII asr tarixchisi va davlat arbobi Abdulg‘oziy Bahodirxon tomonidan yaratilgan “Shajarayi turk” asarida uchraydigan etnonimlarning lisoniy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda keltirilgan turkiy qabila va elatlar nomlari tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilib, ularning shakllanishi, semantik ma’nosi hamda tarixiy rivojlanish jarayoni yoritib beriladi. Tadqiqot davomida etnonimlarning morfologik tuzilishi, fonetik o‘zgarishlari va leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, etnonimlarning turkiy xalqlar tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ham alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada Shajarayi turk asarida uchraydigan turk, o‘g‘uz, qipchoq, qangli, nayman kabi etnonimlar misol sifatida ko‘rib chiqilib, ularning til tizimidagi o‘rni hamda tarixiy manbalardagi qo‘llanishi izohlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, etnonimlar nafaqat tarixiy-etnografik ma’lumotlarni aks ettiradi, balki turkiy tillarning rivojlanish jarayoni, xalqning kelib chiqishi va qabilaviy tuzilishini o‘rganishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli Shajarayi turk asaridagi etnonimlarni lingvistik jihatdan o‘rganish turkiy xalqlar til tarixi va etnolingvistikasini tadqiq etishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar