ERKAK VA AYOLLARDA SALOMATLIKKA MUNOSABATNING INDIVIDUAL-DINAMIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Annotatsiya
Maqolada erkak va ayollarda salomatlikka munosabatning kognitiv, emosional, xulqiy va motivasion-qadriyatli komponentlari bilan psixomotor, intellektual va kommunikativ sohalardagi individual-dinamik xususiyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. 232 nafar respondent (109 erkak, 123 ayol) ishtirokidagi tadqiqotda korrelyasion va faktorli tahlil qo‘llanildi. Erkaklarda salomatlikka munosabatning to‘rtala komponenti bitta yaxlit faktorni tashkil etishi, ayollarda esa u «Anglash va amal qilish» hamda «Salomatlik qadriyat sifatida» degan ikkita mustaqil faktorga ajralishi aniqlandi. Erkaklarda sog‘lom xulq-atvor psixomotor plastiklik va tezlik bilan, ayollarda esa intellektual ergiklik bilan bog‘liq. Natijalar salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan psixoprofilaktik dasturlarda gender-differensial yondashuvni asoslaydi.
Hali tarjima qilinmagan