Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ELEKTRON TIJORAT FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING NAZARIY ASOSLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Zamonaviy iqtisodiyotda raqamlashuv jarayoni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda iste'mol qilish shakllarini tubdan o'zgartirmoqda. Ushbu jarayonning eng dinamik yo'nalishlaridan biri elektron tijorat bo'lib, u raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda savdo-sotiq munosabatlarini raqamli muhitga ko'chirishni anglatadi. Elektron tijoratning jadal o'sishi undan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini ilmiy jihatdan baholash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bunda kompaniya yoki milliy iqtisodiyot miqyosida raqamli vositalarga (elektron savdo platformalari, to'lov tizimlari, ma'lumotlar tahlili vositalari) kiritilgan investitsiyalar bilan ular natijasida erishilgan iqtisodiy natijalar (savdo hajmi o'sishi, xarajatlarning kamayishi, yalpi qo'shilgan qiymatning ortishi, bozor ulushining kengayishi) o'rtasidagi nisbatni miqdoriy va sifat jihatdan aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba